-

Isko kelajagi borasida bir qarorga keldi. Nahotki u ketadi?

Yarim himoyachi Isko qishki transferlar oynasida jamoadan ketishni istayotganini "Real" rahbariyatiga aytib qo'ydi.

"El Larguero" xabariga ko'ra, 28 yoshli xavbek "qirollik klubi"da kelajagi yo'qligini sezib turibdi. U ushbu mavsumda ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. SHuningdek, Zinedin Zidan bilan munosabatlar ham yomonlashgan.

Oldinroq klubdagilar ham futbolchining sotilishini rejalashtirayotgani borasida malumotlar tarqagandi. Ispanning transfer narxi 60-70 mln evro atrofida bo'lishi mumkin.

Isko ushbu mavsumda 7 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakunlanadi.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.