-

Neymar “Real”ni tanlaydimi yoki "Barselona"ni?

“Barselona” va PSJ jamoalarida o‘ynagan Dani Alves braziliyalik hujumchi Neymar haqida fikr bildirdi.

- "Men Neymarni “Barsa”ga qaytishga ko‘ndirishga harakat qildim. U menga “Real”dan katta taklif olganini aytdi. Men unga agar o‘zini baxtli his qilmoqchi bo‘lsa Kataloniyaga qaytishi kerakligini uqtirdim. Men umrimda birinchi marta kimnidir biron nimaga ko‘ndirmoqchi bo‘ldim. U “Barselona”ga qaytib, klubni Ispaniya va Evropadagi mavqeini tiklashda Messiga yordam berishi kerak", - dedi Dani Alves.

Neymar ayni paytda “Barselona”ga o‘tish fikridan qaytgan va PSJ bilan bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Manba: www.sport.es


0 1

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.