-

Zidanning "Real"dagi kelajagi so'roq ostida. Murabbiyga oldingidek ishonishmayapti

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning hozirgi joyida qolishi kafolatlanmagan.

48 yoshli franciyalik mutaxassis La Liga doirasidagi "Alaves" (1:2) va CHempionlar Ligasi doirasidagi "SHaxtyor" (0:2)ga qarshi o'yindan so'ng: "Istefo haqida o'ylamayapman", - dedi.

Ammo hozirda klub murabbiyga jiddiy etibor qaratmoqda va uning ishini o'rganmoqda. "Real"da oldingidek Zidan ishonch bildirilmayapti. Uning qarorlari borasida shubhalar ortib bormoqda va mutaxassisning kelajagi so'roq ostida.

"Real Madrid" "Alaves"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoaning tezda o'zini tiklashiga umid qilgandi, ammo "SHaxtyor"ga qarshi o'yin murabbiyning ahvolini qiyinlashtirib qo'ydi.

SHu bilan birga rahbariyat qaror qabul qilishdan oldin jamoaning ushbu natijalarga munosabatini kutmoqchi.

"Sevilya", "Borussiya" (Myonxengladbax) va "Atletiko"ga qarshi o'yinlar klubning joriy mavsumdagi istiqbollariga oydinlik kiritishi mumkin.

SHuningdek "Real Madrid" muhim qarorlarni qabul qilish vaqti, shu jumladan murabbiyning istefosi uchun vaqt kelgan bo'lishi mumkin deb o'ylay boshladi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.