-

"Real" rahbariyati yana bir jiddiy transferni o‘ylab qo‘ygan

Madridliklar "MYU" xavbeki Pol Pogbani jamoaga olib kelish borasida jiddiy bosh qotirishmoqda.

Bu mish-mish qanchalik haqiqatga yaqin talqin qilinmasin lekin "Qirollik klubi" katta ehtimol ayni damda fransuzning transferini amalga oshira olmaydi.

Chunki bunga Pogbaning Manchesterda olayotgan yuqori maoshi sabab bo‘lib turibdi. Futbolchilarining maoshini qisqartirishga urinayotgan "Real" rahbariyati Polga klubida olayotgan summani to‘lab berolmasligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun Pogbaning "MYU"dagi hozirgi maoshi yiliga 15 millionni tashkil etadi.

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.