-

Isko va Ramos o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi

Kecha "Real Madrid" yarim himoyachisi Isko Alarkon klub rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni talab qilayotgani haqida xabar bergan edik.

"Diario Gol" - nashri berayotgan xabariga ko‘ra, Isko mashg‘ulotda to‘la kuch bilan ishlamayotgani uchun jamoadagilar uni jiddiy qabul qilishmayapti. Shu bois, u asosiy tarkibdan o‘rin olmayapti.

Bundan tashqari, jamoa sardori Serxio Ramos mashg‘ulotda Iskoni ochiq tanqid qildi. Ushbu mojaro tufayli ispaniyalik futbolchi o‘zini transferga qo‘yishni so‘radi.

Shu bilan birgalikda, Isko Yevropa chempionatining final bosqichida ishtirok etmoqchi. Ammo u yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, terma jamoadan taklif olishi ehtimoli juda past. Shu bois, yarim himoyachi boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Isko Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 7ta o‘yinda maydonga tushdi.

Manba: www.sport.es


1 4

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.