-

Ashraf Hakimi "PSJ"ga o‘tganidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi "PSJ"ga ko‘chib o‘tgandan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men g‘ururga to‘lganman. "PSJ" menga Ispaniya, Germaniya va Italiyadan keyin yangi ligani kashf etish imkoniyatini berdi. Yangi jamoadoshlarim va muxlislarim bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutaman. "PSJ"ning katta ambisiyasiga sherikman. Men umidlarni qondirish uchun hamma narsani qilish niyatidaman", - deydi futbolchi.

Ma’lumto uchun, 22 yoshli Xakimi "Inter"dan "PSJ"ga 60 million yevro evaziga o‘tgan. Futbolchi "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Dortmundning "Borussiya"sida ham o‘ynagan.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.