
"Bugun Parij tarixdagi eng kuchli himoyachilardan birini qarshi olmoqda. Serxio Ramosning jamoamizga qo'shilganini elon qilishdan xursandmiz.
Serxio — kurash uchun tug'ilgan etakchi va haqiqiy professional. Uning katta tajribasi bizning klubimizga ideal darajada to'g'ri keladi.
Ramosni PSJ libosida ko'rib, faxr-iftixor tuyg'usini boshdan kechiryapman. Muxlislarimiz uni yaxshi kutib olishlariga ishonaman", – dedi Al Xelayfi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" sharafini 16 yil himoya qilgan Serxio Ramos PSJga erkin agent sifatida o'tdi.
Ispaniyalik o'tgan mavsumda "Real Madrid" uchun La Ligada 15 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.
Manba: www.championat.asia



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.