-

Modrich: "Beylning barcha natijalarini unutishgani achinarli"

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich ijara asosida "Tottenxem"ga o'tgan Garet Beyl haqida gapirdi.

"Garet bilan birga ancha vaqt birga o'ynadim, butun bir faoliyatim desam ham bo'ladi. Odamlar u haqida gapirayotgan gaplarini adolatsizlik deb hisoblayman. Ular faqatgina oxirgi bir-ikki yilni inobatga olishmoqda, biroq Beylning "Real" uchun qilgan ishlari taxsinga sazovor.

Beyl kiyim almashtirish xonasida muammolar keltirib chiqarmagan, ispanchani yaxshi bilgan, biroq shunchaki intervyu bermasdi. Juda ko'p xazillashib gaplashadi. Biroq achinarlisi, shuncha yillik mehnat va natijalar unutildi", - dedi Modrich.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.