"Umid qilaman, faoliyatim hali uzoq davom etadi va men yana ko‘p gollar uraman. Rekordlar va statistika — bu ajoyib, ammo eng muhimi — jamoa g‘alabasi. Gollarim men uchun farzandlarim kabi. Ularning ichidan eng sevimlisini tanlash qiyin. Lekin men uchun Lissabonda "Atletiko" darvozasiga urgan golim muhim ahamiyatga ega. O‘sha gol faoliyatimga aniqlik kiritib bergan", - dedi Ramos "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Ramos Chempionlar ligasining mavsum-2013/2014dagi finalini nazarda tutdi. O‘shanda ispaniyalik futbolchi bahsning 90+3-daqiqasida hisobni tenglashtirib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tkazgan edi. Qo‘shimcha taymlarda esa "Real" yana 3ta gol urdi, ECHL g‘olibiga aylangan edi.
34 yoshli Ramos 2005 yildan beri "Real Madrid" sharafini himoya qiladi. U barcha musobaqalar doirasida 659ta o‘yinda maydonga tushib, 100ta gol va 40ta assist muallifiga aylandi. Uning "Madrid" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.
Manba: www.marca.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.