-

Nacho "Real"dan ketishni rejalashtirmayapti

"Real" himoyachisi Nacho Fernandes OAVga "qirollik klubi"dan ehtimoliy ketishi borasidagi savollarga javob berdi.

"Men har transfer oynasida boshqa klublardan taklif olaman. Ammo men "Real"da baxtliman. Doim aynan "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilishni orzu qilganman.

Eng ko'p xohlaydigan narsam maydonda ko'proq vaqt o'tkazish", - deydi Nacho.

30 yoshli futbolchi 2011 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qiladi. Nacho joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.