-

Qiziqarli fakt. O'tgan turda Modrich “Real” safida ilk bor boshi bilan gol urgandi

“Real” La Liga o'tgan 16-turi doirasida “Elche” bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan edi. 17-turda esa bizni "Selta Vigo"ga qarshi bahs kutmoqda. 

O'tagan turdagi o'yinda hisobni 20-daqiqada Marko Asensioning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytgach unga boshi bilan zarba bergan Luka Modrich ochgandi. Xorvatiyalik futbolchi “Real” safida ilk bor boshi bilan gol urgan. U bu ishni Madrid jamoasi safidagi 364-o'yinida uddaladi. Modrichning “Real”dagi jami gollari soni esa 26 taga yetdi.

Luka 2012 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi. U klub bilan 17 ta sovrin yutgan

Toshkent vaqti bilan 2/3-yanvar kuni soat 01:00 oralig'ida bo'lib o'tadigan "Selta Vigo"ga qarshi bahs bizni kutmoqda, unda ham Luka Modrich gol uradimi?

Manba: CA


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.