11-tur boshlanish arafasida turibdi, biroq ochkolar yo'qotilishi barcha jamoalarda kuzatmoqda. Maksimal formaga tushib olishmagan degan fikrni o'rtaga qo'ysak dekabr oyi kelayotgan bir vaqtda bu gapni aytish noto'g'ri. 10-turda ham grand jamoalarning ayrimlari ochko yo'qotishdi, 11-tur anonsini o'qishdan avval o'tgan turni birrov eslab o'taylik.
9-turda “Real Madrid”ni penaltilar bilan bo'lsada tor-mor qila olgan “Valensiya” klubi Alaves bilan durang o'ynadi. Mark-Andre ter SHtegnning yoshbolalarcha xatosi kataloniyaliklarga qimmatga tushdi. Yannik Fereyra Karrasko bitta harakati bilan “Atletiko”ga 3 ochkoni taqdim etdi. El klassikoni yutganidan beri o'ziga kela olmayotgan “Real Madrid” o'tgan turda yana ochko yo'qotdi. “Vilyarreal” bilan o'yin 1:1 bilan yakunlandi. Turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan “Real Sosedad” esa xotirjamlik bilan “Kadis”ni mag'lub etdi va peshqadamlikni o'zida saqlab qoldi.
SHunaqa gaplar do'stlar. Oldinda turgan tur esa yanada qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Xo'sh bugun. "Real Madrid" k
im bilan o'ynaydi desak, siz buni yaxshibbilasiz! Bugungi raqib "Alaves" xo'sh bizni kutib turgan, bahs intrigasi yuqori bunga sabab, o'tgan turda Madridliklar ochki yo'qotgandi.
28.11 01:00 (Toshkent vaqti) “Real Madrid” – “Alaves”

El klassikodan so'ng endi-endi o'zini o'nglab olayotgan Madridning “Real” klubi 9-turda darvozasidan 4 gol o'tkazgan “Valensiya” bilan o'tgan tur durang o'ynagan “Alaves”ga qarshi. Mehmonlarning egallab turgan o'rni yoki 10 o'yinda 10 ochko qo'lga kiritganini hisobga olib "Real Madrid"ni g'alabasini tahmin qilishga shoshilmaslik kerak. La Liga shunday tus olib boryaptiki, u yerdagi istalgan klub biror grand jamoadan ochko olib qo'yishi mumkin. Lekin albatta ketma-ket ochko yo'qotish o'zlarining ham joniga tekkan, turnir yetakchisidan 6 ochkoga ortda qolib ketgan Madrid jamoasi bu o'yinda ochko ulashishiga ham haqlari yo'q.
O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan 32 o'yinda katta ustunlik “Real Madrid”da. 26 g'alabaga erishgan bo'lsa, raqibi “Alaves” jamoasi 4 o'yinda qo'llari baland kelgan. Atigi 2 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Federiko Valverde, Luka Yovich, Alvaro Odriosola, Eder Militao, Serxio Ramos, Karim Benzema (“Real Madrid”). Pere Lons, Burgi (“Alaves”).
Manba: www.halamadrid.uz



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.