-

Ramos La Ligadagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

"Qirollik klubi" sardori Serxio Ramos La Liganing 8-tur doirasida "Ueska" jamoasiga qarshi bo‘layotgan uchrashuvning asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Bu bahs - 34 yoshli ispaniyalik futbolchining La Ligadagi 500-uchrashuvi sifatida tarixdan joy oldi. Ramos ushbu natijaga erishgan o‘ninchi futbolchiga aylandi.

Ramosgacha La Ligada 500 tadan ortiq uchrashuv o‘tkazgan himoyachilar - Manolo Sanchis (523 uchrashuv "Real Madrid") va Mikel Soler (504 uchrashuv) sanaladi.

Manba: www.marca.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.