-

“Real” o'zaro o'yinlardagi g'alabalar soni bo'yicha “Barsa”ni quvib o'tdi

La Liga 7-turi doirasida “Barselona” o'z maydonida “Real”ni qabul qilib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

SHu tariqa “Real” o'zaro o'yinlardagi g'alabalar soni bo'yicha yana “Barselona”ni ortda qoldira boshladi, deya xabar bermoqda AS. Ayni paytda qirollik klubi o'zaro o'yinlarda “Barsa”ni 97 marta mag'lub etgan bo'lsa, kataloniyaliklar ashaddiy raqiblarini 96 bor dog'da qoldira olishgan. 52 uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

“Real” ayni paytda 13 ochko to'plagan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalining birinchi pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Barselona” 7 ochko bilan 10-pog'onada joylashgan.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.