Marca nashri Ispaniya chempionati yakunlangan mavsumining eng yaxshi futbolchi, murabbiy, klub va yana bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlarini ma’lum qildi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng yaxshi futbolchi unvonini 37 foiz ovoz bilan "Real Madrid" forvardi Karim Benzema qo‘lga kiritdi. "Barselona" forvardi Lionel Messi esa ikkinchi o‘rinni band etdi.
Eng yaxshi murabbiy unvonini "Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan qo‘lga kiritdi.
Boshqa kategoriyalar bo‘yicha qo‘yidagi natijalar qayd etildi:
Eng yaxshi transfer: Lukam Okampos ("Sevilya").
Eng yomon transfer: Luka Yovich ("Real").
Eng yaxshi yosh futbolchi (U21): Martin Edegor ("Real Sosedad").
Eng yaxshi ispaniyalik futbolchi: Serxio Ramos ("Real").
Eng yaxshi darvozabon: Tibo Kurtua ("Real").
Eng yaxshi himoyachi: Serxio Ramos ("Real").
Eng yaxshi yarim himoyachi: Kazemiro ("Real").
Eng yaxshi hujumchi: Karim Benzema ("Real).
Manba: www.marca.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.