-

La liga 2019/20 mavsum ramziy jamoasi tuzildi

"Marca" nashri Ispaniya chempionatining 2019/2020 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha 2ta ramziy — asosiy va zaxira terma jamoasini tuzib chiqdi.

Birinchi jamoadan «Real»ning 4 futbolchisi o‘rin olgan bo‘lsa (Kurtua, Ramos, Kazemiro, Benzema), «Vilyarreal» va «Sevilya»ning 2 nafardan o‘yinchilari ramziy jamoaga kiritildi. «Barselona»dan esa faqat Lionel Messi asosiy jamoaga kiritildi.

Ikkinchi jamoaga esa "Real" va "Barsa"dan 2 nafardan futbolchilar joylashtirildi.

Asosiy jamoa quyida ko‘rinishda bo‘ldi:

La liga 2019/20 mavsum ramziy jamoasi tuzildi

Darvozabon —  Tibo Kurtua («Real»)
Himoyachilar — Felipe («Atletiko»), Serxio Ramos («Real»), Diyego Karlos («Sevilya»)
Yarim himoyachilar — Kazemiro («Real»), Lukas Okampos («Sevilya»), Santi Kasorla («Vilyarreal»), Martin Edegor («Real Sosyedad»)
Hujumchilar — Lionel Messi («Barselona»), Karim Benzema («Real»), Jerar Moreno («Vilyarreal»).

Ikkinchi jamoa tarkibi:



Darvozabon — Yan Oblak («Atletiko»)
Himoyachilar — Xesus Navas («Sevilya»), Rafael Varan («Real»), Jerar Pike («Barselona»), Jene Dakonam («Xetafe»)
Yarim himoyachilar — Toni Kroos («Real»), Raul Garsiya («Atletik»), Frenki de Yong («Barselona»), Mikel Oyarsabal («Real Sosyedad»)
Hujumchilar: — Markos Lyorente («Atletiko»), Luis Avila («Osasuna»).

Manba: www.marca.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.