-

La Liga. "Real" - "Alaves" 1:2. Madridliklar 3-mag'lubiyatini qabul qilib olishdi

Ispaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Alaves" uchrashuvida mehmonlar g'alabani ilib ketdi. 

La Liga. "Real" - "Alaves" 1:2. Madridliklar 3-mag'lubiyatini qabul qilib olishdi

Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochildi — 5-daqiqada Lukas Peres penaltini golga aylantirdi. O'yinning 49-daqiqasida esa "Qirollik klubi" darvozaboni Tibo Kurtua "Alaves"ga gol sovg'a qildi — imkoniyatdan "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi Xoselu foydalanib ketdi. "Qaymoqranglilar"ning hisobni qisqartiruvchi goliga Kazemiro mualliflik qildi. Braziliyalik yarim himoyachi 89-daqiqada to'p burchakdan o'yinga kiritilgach vaziyatdan unumli foydalandi. SHu tariqa Zinedin Zidan shogirdlari mavsumdagi 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.



"Real Madrid" – "Deportivo Alaves" 1:2 
29 noyabr, 01.00, "Estadio Alfredo Di Stefano"

Gollar: 0:1 – 5, penalti Lukas Peres, 0:2 – 49 Xoselu, 1:2 – 86 Kazemiro.

"Real Madrid" – Kurtua, Marselo (Mendi, 69), Varan, Nacho, Vaskes, Kroos (Isko, 69), Modrich (Edegor, 69), Asensio (Vinisius Junior, 63), Kazemiro, Azar (Rodrigo, 28), Mariano Dias.

"Alaves" – Pacheko, Lejen, Ximo Navarro, Duarte, Laguardia, Battalya, Pina (Mendes, 77), Xota, Rioxa (Xavi Lopes, 88), Xoselu (Deyverson, 90), Lukas Peres (Sayns, 88).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (18), Kroos (61), Rioxa (67), Duarte (76), Mendes (88).

Manba: www.halamadrid.uz


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.