-

"Real" ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi raqiblar aniq

 "Real" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida 2ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Zidan jamoasiga La liga va Segundaning bittadan klublari raqiblik qilishadi. 

"Qirollik klubi" 9 sentyabr kuni «Alfredo Di Stefano» stadionida "Rayo Valyekano" bilan, 15 sentyabr kuni esa mehmonda "Xetafe" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 

Terma jamoaga chiqarilgan o‘yinchilar dastlabki bahsni o‘tkazib yuborishsa, ikkinchi o‘yinda jamoa to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" La liganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvni 20 sentyabr kuni safarda "Real Sosyedad"ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.std.es


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.