Mazkur gazon vaqtinchalik o‘rnatilgan bo‘lib, "Qaymoqranglilar" o‘yinlarni o‘z uyida o‘tkazishi uchun yotqizildi. Keyinchalik stadion maydoni yig‘iladigan bo‘ladi. U yerda turli tadbirlar va konsertlar o‘tkazish imkoniyati yuzaga keladi. Bu orqali "Real Madrid" qo‘shimcha daromad olishni ham ko‘zlamoqda.
"Real Madrid" dastlabki uy uchrashuvini 30 sentyabr kuni "Valyadolid"ga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Zidan jamoasi mavsumning so‘nggi o‘yinlarini yoshlar jamoasiga tegishli bo‘lgan Alfredo di Stefano nomli stadionda o‘tkazdi.
Manba: www.std.uz



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.