-

"Selta"ga qarshi bahs Kurtua uchun "Real" safidagi 101-o‘yin bo'ladi

"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua uchun Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Selta Vigo"ga qarshi bahs 101-o'yin bo'ladi.

La Liganing o'tgan 16-turi Kurtua uchun "Real Madrid" safida "Elche"ga qarshi (1:1) bahsi "Qirollik klubi" libosidagi 100-uchrashuv bo'lgandi.

Belgiyalik posbon "Real Madrid" safidagi uchinchi mavsumida ushbu natijaga erishdi. U La ligada 77ta, Yevropa chempionlar ligasida 18ta, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 2ta, Ispaniya superkubogida 2ta va Ispaniya kubogida 1ta o‘yin o‘tkazdi.

Mazkur 100ta bahsning 59tasida Kurtua g‘alaba qozondi. U "Real" bu vaqt davomida 3ta sovringa ega chiqdi: klublar o‘rtasidagi JCH, Ispaniya chempionati va Ispaniya superkubogi.

Manba: www.realmadrid.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.