-

Ramos klublardagi faoliyatida 100-golini urdi

"Real Madrid" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya La ligasining so‘nggi turi doirasida "Leganes"ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

34 yoshli futbolchi uchun bu gol klublardagi faoliyatida davomidagi 100-gol bo‘ldi. U "Real" safida 97ta, "Sevilya" safida 3ta gol urgan.

Uning musobaqalar kesimida urgan gollari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi: 

La liga — 72;
Ispaniya kubogi — 7;
Yevropa chempionlar ligasi — 13;
Ispaniya superkubogi — 2; 
Yevropa superkubogi — 2;
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati — 3.

Shuningdek, Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 21ta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.marca.com




0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.