-

Evropaning 2020 yildagi eng yaxshi 3 klubi aniqlandi

Statistika mutaxassislari to'plangan ochkolarni hisoblab chiqishdi.

Umumiy ochkolar soni bo'yicha 2020 yilning eng yaxshi jamoasi "Real Madrid" bo'ldi (35 o'yin – 82 ball). "Bavariya" ispan klubini bemalol ortda qoldirishi mumkin edi, ammo nemislar kamroq uchrashuv o'tkazishgan (30 o'yin 79 ochko).

3-o'rin "Milan"ga nasib qildi. Joriy yilda 35 ta o'yin o'tkazgan Stefano Pioli jamoasi 79 ochko jamg'argan.

Keyingi pog'onalarga "Liverpul" (34 o'yinda 76 ball) va "Portu" (69 ochko) joylashgan.

Eslatib o'tamiz, 27 dekabr kuni o'tgan "Globe Soccer Awards" taqdirlash marosimida "Bavariya" yilning, "Real" XXI asrning eng yaxshi klubi deb etirof etilgan edi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.