-

"Vest Xem" "Real"ning yosh himoyachisini sotib olishni istamoqda

"Daily Star" nashrining yozishicha, "Qirollik klubi"ning 19 yoshli himoyachisi Migel Gutyeresni "Vest Xem" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Devid Moyes nafaqat Premer-ligadan, balki boshqa ligalardan ham yosh o'yinchilarni jalb qilib, jamoani shakllantirmoqda.  Gutyeresning o'tgan mavsumda ko'rsatgan o'yinlari murabbiyning e'tiborini tortgan va u himoyachining ijarasidan boshlashni rejalashtirmoqda.

Gutyeres o'tgan mavsumda "Real Madrid" asosiy tarkibida atigi 6 ta o'yinni maydonda o'tkazdi va bitta golli uzatmani amalga oshira oldi. 

Manba: www.sports.ru



1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.