"Qirollik klubi" PSJ forvardi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritishi rejasidan ortga qaytmoqchi emas.
"Qaymoqranglilar frantsiyalik hujumchisining transferini 2021 yil yozida amalga oshirmoqchi, deya xabar bermoqda Marca.
Madrid klubi 21 yoshli futbolchi PSJning 2022 yil yozida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha bosimiga dosh bera olishiga ishonmoqda.
Ta’kidlanishicha, oldinroq, "Real Madrid" Tibo Kurtua va Eden Azar transferini shu uslubda amalga oshirgan.
Manba: www.marca.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.