-

PSJ Ramosga 1+1 ko'rinishdagi shartnoma taklif qilish niyatida. Biroq futbolchi ...

"Real" bilan tuzilgan shartnoma muddati bir kundan keyin nihoyasiga etadigan Serxio Ramos PSJ bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

L’Équipe nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik himoyachi yiliga 13 million evro maosh to'lanadigan 2 yillik shartnoma xohlamoqda. 

Parijliklar 35 yoshli futbolchiga bunday shartnoma taklif qilishni to'g'ri qaror, deb hisoblashmayapti. Klub Ramos bilan 1+1 ko'rinishdagi shartnoma tuzmoqchi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Real" bilan aynan shartnoma muddati bo'yicha kelisholmagani oqibatida klubdan ketishga qaror qilgandi. Madrid klubi sobiq sardoriga faqatgina bir mavsumlik shartnoma taklif qilgandi.

O'tgan mavsumda Ramos La Liga doirasidagi 15 o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Manba: www.championat.asia


4 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.