
23 yoshli fransuz futbolchisiga APL va La liganing bir qancha grandlari qiziqish bildirmoqda. Bular - "Real Madrid", "Chelsi" va "Tottenxem". Mazkur jamoalar Jyulning transferi bo‘yicha jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Lekin, mazkur klublar orasida faqatgina, "Tottenxem" ispan klubi aytgan summani berishga tayyor. "El Desmarque" nashrining xabariga ko‘ra, "shporlar" Kunde uchun 55-60 million yevro atrofida taklif qilishga tayyorlanmoqda.
"Estadio Deportivo" nashrining yozishicha "Sevilya" Kundeni 60 million yevrodan kamiga sotmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Jyul o‘tgan mavsum La ligada 34 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
Manba: www.tribuna.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.