-

Benzema: "Dunyodagi eng zo'r klubning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman"

"Real" hujumchisi Karim Benzema Madrid klubidagi ishtirokidan faxrlanishini tan oldi.

Franciyalik futbolchi "Lion"dan ketganidan so'ng 2009 yilning 9 iyulida rasman "galaktikos" o'yinchisi sifatida tanishtirilgandi.

"Men 12 yildan beri orzuimdagi klubdaman. Hali ham dunyodagi eng zo'r klubning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Tarix davom etadi...", - deb yozadi Benzema.

Benzema "Real"dagi 12 yil davomida barcha musobaqalarda 559ta o'yinda maydonga tushib, 279ta gol va 144ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Manba: www.championat.asia


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.