-

Marca nashri "PSJ"ga qarshi bahsda "Real"ning olti nafar futbolchisiga ball qo‘ymagan bular ...

Marca nashri ECHLning 1/8 final dastlabki uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tgan «PSJ» – «Real» (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilarga ball qo‘yib chiqdi.

Qiziqarli tomoni shundaki, "Real"ning olti nafar futbolchisiga baho qo‘yilmadi. Bular – Dani Karvaxal, Ferlan Mendi, Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich va Marko Asensio. Maksimal bahoga loyiq ko‘rilgan yagona futbolchi Tibo Kurtua bo‘ldi. Marca nashri belgiyalik darvozabonga uch yulduz berildi.

«PSJ» tarkibida esa uch yulduzga Kilian Mbappe va Marko Verrattilar loyiq ko‘rildi. Lionel Messi, Presnel Kimpembe, Janluidji Donnarumma va zaxiradan maydonga tushgan Neymarlarga esa bir yulduz "ravo" ko‘rildi.

Manba: www.tribuna.com


0 4

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.