-

Xavyer Tebas Mbappening La ligaga ko‘chib o‘tishini orzu qilmoqda

La liga prezidenti Xavyer Tebas "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. U erkin agent sifatida "Qirollik klubi"ga o‘tishi kutilmoqda.

"Shaxsan menda Mbappening transferi borasida hech qanday ma’lumot yo‘q. O‘z klubi bilan shartnomasi yakunlanishiga 6 oy vaqt qolganida futbolchi uni uzaytirgan holatlarga bir nechta guvoh bo‘lganman. Ammo Kilian erkin agent sifatida La liga klubga o‘tsa, bu chempionatimiz uchun eng yaxshi holat bo‘lardi", - dedi Tebas.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 32ta o‘yinda ishtirok etib, 22 gol va 13 assist muallifiga aylandi.

Manba: www.tribuna.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.