-

"Real" Karvaxalga o‘rinbosar qidirmoqda. Nomzodlar bor

Madridning "Real" klubi himoyachi Dani Karvaxalga o‘rinbosar qidirmoqda, deya xabar beradi Defensa Central nashri.

"Qirollik klubi"ning qisqa ro‘yxatidan Dodo ("Shaxtyor" Donesk), Nordi Mukiele ("RB Leypsig") va Ris Jeyms («Chelsi») kabi futbolchilar o‘rin olgan.

"Qaymoqranglilar" Alvaro Odriosolani jamoada qoldirish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik futbolchi hozirda "Fiorentina"da ijara asosida o‘ynamoqda.

Manba: www.tribuna.com


2 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.