"Biz Mbappening maydonda nima qilayotganini ko'rib turibmiz, uning jamoadagi o'rni qanchalik muhimligini bilamiz. U gollar uradi, o'yinlar natijasini hal qiladi... Bizga shunday futbolchilar kerak. U mashg'ulotlarda astoydil mehnat qiladi. Bunday kuchli o'yinchini kamdan-kam ko'rasiz. U hozirda dunyodagi eng yaxshi futbolchimi? Menimcha, ha", – dedi Markinos.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi va klub hali uni uzaytirish bo'yicha kelisha olmadi. Futbolchi katta ehtimol bilan "Real Madrid" klubi futbolchisiga aylanadi.
23 yoshli franciyalik futbolchi joriy mavsumda 34 o'yinda 24 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.
Manba: www.tribuna.com



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.