-

"Bavariya" va "Real" bir futbolchiga ko‘z tikishgan

Ispaniyaning Defensa Central nashri xabariga ko‘ra, "Bayer" futbolchisi Diabi xizmatlariga Yevropaning ikki grandi qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Diabi Leverkuzen klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Qayd etilishicha, "Bayer" futbolchi uchun 70 million yevro olishni kutmoqda.

"Real" klub Eden Azarga o‘rinbosar qidirmoqda. "Bavariya"ga kelsak, ular Leverkuzendan futbolchi olmoqchi, chunki Serj Gnabrining kelajagi hozircha noma’lum. Germaniyalik futbolchining shartnomasi kelasi yozda tugaydi.

Manba: www.as.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.