Manbada aytilishicha, 26 yoshli dominikanalik futbolchining 27 iyul kuni topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Klub futbolchini o‘zini yakkalash tartibiga olgan va u shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada Ispaniyada COVID-19 infeksiyasidan kasallanishlarning yangi to‘lqini qayd etilgandi. Shu bois Madridda qat’iy karantin choralari kuchaytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" ECHL 1/8 final bosqichi doirasida 7 avgust kuni Angliyada "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.
Manba: www.tribuna.uz



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.