-

Lukas Vaskes "Real"da qolishni istaydi

"Qirollik klubi" vingeri Lukas Vaskes faoliyatini Madridda davom ettirmoqchi va boshqa klubga o'tishni istamaypti. 

Lukasning jamoa bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida (2021 yil iyun) tugaydi, ammo u kelishuv uzaytirilishni kutmoqda va o'z maqsadiga erishish uchun futbolchi hamma narsaga tayyor. Shuningdek, futbolchi avval bir necha marta o'ynagan o'ng qanot himoyasiga moslashishga tayyor.

Lukas uchun hujumkor yarim himoyachi pzitsiyasida o'ynash qulay, ammo statistika buning aksini ko'rsatmoqda: yakunlangan mavsumda u jamoadagi boshqa raqobatchilariga nisbatan kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Faqatgina Marko Asensio jarohati sababli mavsumning ko'p qismini o'tkazib yuborgan. La Ligada Vaskes 839 daqiqani maydonda o'tkazgan (har bir o'yinda o'rtacha 22 daqiqa) va barcha musobaqalarda uchta gol urdi (har 340 daqiqada bitta gol).
  • Madrid grandi tarkibida Vazkes ikki bor La Liga  (2015/16 va 2019/20), ikki bor Ispaniya Superkubogi (2017 va 2020), uch bor Chempionlar Ligasi (2015/16, 2016/17 va 2017/18), ikki bor Evropa Superkubogi (2016 va 2017) va uch marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida (2016, 2017 va 2018) zafar quchgan. Bundan tashqari, u 2011/12 yilgi mavsumda "Kastilya" bilan Segunda B chempioni ham bo'lgandi.
Lukas Vaskes "Real Madrid" safida o'z debyutini 2015-yil 5-dekabrda "Xetafe"ga qarshi bahsda o'tkazgandi, o'shanda jamoa bosh murabbiyi sifatida Rafael Benites ishlar edi.

Manba: www.marca.com


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.