-

Kubo: "Mening maqsadim – "Real" uchun o‘ynash"

Yakunlangan mavsumni ijara asosida "Malyorka"da o‘tkazgan "Real Madrid"ning yaponiyalik hujumchisi Takefusa Kubo kelajagi boorasida fikr bildirdi. 

"Men jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lishni orzu qilardim. Maqsadim yo‘lida ishlashdan to‘xtamayman. Mening maqsadim – "Real"da o‘ynash. Men barcha imkoniyatlarimni ishga solaman. 
 
Mening o‘yin uslubim? Men to‘pni chiziqlar orasidan qabul qilishni yoqtiraman, biroq maydon markazida o‘ynash ham yoqimli. Qolaversa, driblingimni yanada yaxshilashim mumkin. Futbol bolaligimdan mening ishtiyoqimdir", – dedi Kubo.

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.