-

Benzema: "Jangchi bo'lishga tayyorman"

"Real" forvardi Karim Benzema yutub-kanalida kikbokschi Fuad Ezbiri bilan onlayn gaplashdi.

U ushbu suhbatda futboldagi faoliyatini yakunlaganidan keyin nimalar bilan shug'ullanishi mumkinligini aytdi.

"Yakkakurashlarni yaxshi ko'raman, bu rost. Bu sport turining mashg'ulotlarini ham o'tkazganman. Futboldagi faoliyatimni yakunlaganimdan keyin, birgalikda yarim yil mobaynida yakkakurash jangchisi bo'lishimga kim halaqit bera oladi. Agarda sen yo'q demasang, jangchi bo'lishga tayyorman. Hech qanday muammo bo'lmaydi", - dedi Benzema.

Benzema "Real" tarkibida 2009 yildan buyon o'ynamoqda.

Manba: CA


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.