-

“Real” to'rt nafar futbolchisining transferidan qancha ishlab olmoqchi?

 “Qirollik klubi” jamoa hujumchilari Garet Beyl, Mariano Dias, Borxa Mayoral va himoyachi Serxio Regilonni sotib yuborish payida, deya xabar bermoqd AS.

Nashr xabariga ko'ra, madridliklar koronavirus pandemiyasi davridagi inqirozdan jiddiy zarar ko'rishgan. Jamoa futbolchilar bilan xayrlashishining yana bir sababi oylik fondining qisqarayotgani bilan ham bog'liq (ayni paytda asosiy tarkib futbolchilari oylik fondi 283 million evroga teng). Bu jamoa bosh murabbiy Zinedin Zidan uchun ham qulay variant. Aynan shu sabab tufayli u o'tgan mavsumda 7-8 nafar futbolchisini qaydnomadan tushirib qoldirishga majbur bo'lgandi.

Yuqorida sanalga to'rt nafar futbolchining transferidan klub 100 million evrodan ortiqroq mablag' ishlab olish niyatida. Aniqlashtirishlaricha, krizis davrida bundan transferlarni amalga oshirish ham oson bo'lmaydi. Jamoani shuningdek, Lukas Vaskes ham tark etishi mumkin. Ammmo ispaniyalik futbolchi jamoadan ketish niyatida eimas.

Manba: CA


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.