-

"Real Madrid" qishki transfer vaqtida hech kimni sotib olmaydi

Koronavirus pandemiyasi "Real Madrid"ning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi"ning byudjeti 200 million yevroga qisqartiriladi. Shuningdek, jamoa butun mavsum muxlislarsiz o‘ynashga tayyorlanmoqda, bu ham klub daromadiga ta’sir ko‘rsatadi. 

Shu sabablarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" qishki transfer vaqtida ham hech kimni sotib olmaydi, deya yozmoqda Marca. 

Eslatib o‘tamiz, "Real" yozgi transfer vaqtida ham xaridlarni amalga oshirmagan edi. 

Manba: www.std.uz


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.