-

Toni Kroos haqidagi xabarlar yolg'on bo'lib chiqdi

"Qirollik klubi"ning germaniyalik futbolchisi Toni Kroos tez orada o‘z yurtiga qaytib ketishi haqida tarqalayotgan xabarlar yolg‘on ekanini ta’kidladi. 

- Menga Germaniyaga qaytib borish yoqimli, albatta. Chunki bu mening vatanim va ona tilim. Lekin menga Madridda yashab, “Real”da o‘ynash ham yoqadi. Yozda bir necha jiddiy takliflar bo‘ldi. Men ularning hech biri bilan muzokara o‘tkazmadim. Chunki maqsadim aniq. Faoliyatimni “Real”da tugataman.

Biz futbolchilar Zidanning imkoniyatlariga shubha qilmaymiz. Biz mag‘lubiyatdan ham, muvaffaqiyatda ham birgamiz. “Real”da o‘ynayotgan va ishlayotganlar har bir mag‘lubiyatdan keyin o‘tkair tanqidlarga ko‘nikishi kerak. “Barselona”ga qarshi o‘yinda tanqidlarga munosib javob bera oldik. Ana shunday o‘ynashda davom etishimiz kerak, - deydi Toni Kroos.

Manba: www.sport.es


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.