-

Neymar agar Ramos PSJga o'tsa, klub bilan shartnomasini uzaytirishga vada berdi

PSJ hujumchisi Neymar "Real" himoyachisi Serxio Ramosning Parij klubiga o'tishiga umid qilmoqda.

"Serxio, agar sen PSJga o'tsang, men ertasi kuni shartnomamni uzaytiraman. Bu ishni ortimdan Mbappe ham qiladi. Agar sen PSJga o'tsang, biz kamida ikkita evrokubokni yutamiz", - deydi Neymar.

Neymar faoliyatining katta qismini "Barselona"da o'tkazgan va hujumda Messi va Suares bilan uchlik hosil qilgan edi.

34 yoshli Ramos esa "Real" bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirmoqchi, Madrid klubi esa unga bir yillik bitim taklif qilmoqda.

Manba: www.championat.asia


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.