Funkcioner o'z tasviri tushirilgan ulkan bannerni “Real” stadioni “Santyago Bernabeu” yaqinidagi uyga joylashtirdi.
“Yana ko'rishganimizdan xursandman”, - deya yozilgan bannerda.
SHuningdek, Laporta ushbu rasm bilan sahifasiga, “Salom, Madrid” (Hola Madrid), deb post ham joyladi.

Laporta 2003-2010 yillar davomida “Barselona” prezidenti bo'lgan. SHu vaqt oralig'ida jamoa 4 bor La Liga va 2 marta ECHLda zafar quchib, umumiy hisobda 12 ta titulni qo'lga kiritgandi.
Ayni vaqtga kelib, “ko'kanorranglilar” rahbari bo'lish uchun 8 davogarning nomi ilgari surildi. Saylovlar esa 2021 yil yanvarida o'tkaziladi.
Manba: CA



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.