Madridliklar sardori Serxio Ramos va yarim himoyachi Eden Azar birinchi o‘ringa qirollik klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidanni, yarimhimoyachi Luka Modrich esa fransiyalik murabbiyni ikkinchi o‘ringa belgiladi.
Sentyabr oyida "Tottenxem"ga ijaraga berilgan yarim himoyachi Garet Beyl Zidanni "Eng yaxshi uchlik" ro‘yxatiga kiritmadi.
So‘nggi paytlarda fransiyalik murabbiy bilan ziddiyatga borgan uelslik futbolchi Flik, Yurgen Klopp ("Liverpul") va Xulen Lopetegi ("Sevilya")larni afzal ko‘rdi.
Shunisi e’tiborliki, Zidan "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominasiyasi bo‘yicha eng yaxshi uchlikka kira olmadi.
Manba: www.std.uz
Real Madrid Zinedin Zidan Luka Modrich Serxio Ramos Eden Azar Tottenxem Garet Beyl Liverpul Yurgen Klopp Sevilya Xulen Lopetegi



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.