-

Ana xolos. Zinedin Zidanga "bo‘ri" kerak

“Vulverxempton” yarim himoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini “Real”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Ayni paytda madridliklar yarim himoyada yetakchilik qiladigan futbolchi qidirmoqda. Chunki Luka Modrich va Toni Kroosning jamoa bilan hamkorligi yakunlanmoqda va ularning yoshi ham o‘tib qolyapti.

23 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi Angliya premer-ligasida to‘rt mavsumdan beri barqaror o‘yin o‘tkazmoqda. U shu paytga qadar 128 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12ta gol urdi va oltita golli pas uzatdi.

“Vulverxempton” bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yarim yil davom etayotgan Neveshning transferi 50 million evro atrofida baholanmoqda.

Manba: www.sport.es


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.