-

"Real" yetakchilaridan biri Zidanning ishonchini yo‘qotgani rostmi?

"Real Madrid" himoyachisi Marselo yaqin orada boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.

"Qirollik klubi" 32 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti.

"El Chiringuito" - nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Madrid" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan braziliyalik futbolchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan. Ayniqsa, "Alaves"ga qarshi o‘yinda Marselo va Varan o‘rtasida yuz bergan mojarodan so‘ng fransiyalik mutaxassis bir to‘xtamga kelgan.

Manbada aytilishicha, Zidan uzoq vaqtdan buyon Marseloni himoya qilib kelayotgan edi. Ammo endi murabbiy futbolchini maydonga tushirmoqchi emas. Marselo 2021 yilning yozida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Braziliyalik o‘yinchining "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 6ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golga uzatma berdi.

Manba: www.sport.es


1 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.