-

Messi ikki klubga umuman o'tmaslikka vada berdi

“Barselona” hujumchisiga qaysi klubga o'tmasligi borasida savol berildi.

“Men “Real” yoki “Atletiko”ga o'tmayman. Bu umuman imkonsiz. “Barselona”dan ketmanmi yoki yo'q buni bilmayman. Bu borada mavsum so'ngida gaplashaman. Faoliyatimni yakunlagandan so'ng ham “Barselona”ning bir qismi bo'lishga umid qilaman”, — deydi Messi.

Leoning “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyuniga yakuniga etadi. 33 yoshli futbolchi shartnomani uzaytirmasa, erkin agentga aylanadi. Messi joriy mavsum “Barselona” safida 18 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Manba: CA


1 3

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.