Klub ijrochi direktori Hans-Yoaxim Vatske futbolchini nima qilib bo‘lsa ham jamoada olib qolish niyati borligini bildirdi.
"Biz Xolandni sotib yuborish haqida umuman o‘ylaganimiz yo‘q. Unda Levandovskining taqdirini ko‘rsa bo‘ladi. U bir kun kelib baribir jamoani tark etadi - bunga shubham yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham grand klublar ixtiyoriga borib qo‘shilgani ma’qul. Masalan, "Real Madrid"ga.
Biz ham uning o‘sishi uchun barcha qarorlarga rozimiz. Ammo, ayni damdagi og‘ir vaziyatda u Dortmundga kerak va transfer borasida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas", - deydi Vatske.
Eslatib o‘tamiz, Holandning "Asalarilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z yakuniga yetadi.
Manba: www.std.uz



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.