-

Ramos Messi bilan "PSJ"ga o‘tayotganini Peresga aytdimi?

"Real Madrid" himoyachisi Serxio Ramos aftidan shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Uning amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakunlanadi.

"El Chiringuito TV" — telekanalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 34 yoshli himoyachi Fransiyaning "PSJ" klubiga o‘tishga yaqin turgani haqida "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresni ogohlantirdi.

Qolaversa, manbaning tasdiqlashicha, Ramos "Real Madrid" klubi prezidentiga "PSJ" rahbariyati uni va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi atrofida jamoa qurish niyatida ekanligini ham aytgan.

Manba:
El Chiringuito TV


1 2

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.