-

Rahim Sterling "Real Madrid"ning qiziqishlari doirasida

Rahim Sterling hozirgi Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib turibdi.

U chempionat doirasida uchta gol urdi, bitta golli uzatmani amalga oshirdi va "The Independent" nashrining yozishicha, o'z o'yinlari bilan madridliklarning qiziqishini qaytadan tiklagan.

Shuningdek, "Manchester Siti" hujumchisi jamoasini o'zgartirishga qarshi emasligi va Madridga yo'l olish uchun klubini tark etishga tayyorligi haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun, Angliyalik futbolchiga "Atletik" shuningdek, bir qator klublar ko'z tikkan Madrid grandi esa bu klublar orasida fovarit bo'lib turibdi. 

Sterlingning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan va Xosep Gvardiolaning futbolchini qo'yib yuborish niyati yo'q.  Biroq, "shaharliklar" uni Garri Keyn bilan shartnoma imzolash uchun sotib yuborishi ham mumkin.

Manba: www.sports.ru


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.