Zinedin Zidan shogirdlarining Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng, jamoa bosh direktori Xose Anxel Sanches o‘yinchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Majlis davomida rahbariyat vakili jamoa o‘yinidan qoniqish hosil qilayotgani, lekin yangi futbolchilar bilan tarkibni kuchaytirish imkoni yo‘qligini tan olgan. Darvozabon Alfons Areolaning ortga qaytarib yuborilganini ham mablag‘ yo‘qligi bilan izohlagan.
Ayni paytda Zinedin Zidan boshqa jamoalarga ijaraga berib yuborilgan Alvaro Odriosola, Martin Edegor va Dani Sebalosni ortga qaytardi va mavsumoldi yig‘inida ularning imkoniyatini sinab ko‘rishga qaror qildi.
Manba: www.sport.es



Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.