-

UEFA "Real"ga CHL o'yinlarini "Di Stefano"da o'tkazishga ruxsat berdi

UEFA Madridning "Real" klubining uy uchrashuvlarini zaxira stadioni - Alfredo Di Stefano nomidagi staionda o'tkazishga ruxsat berdi.

"Qirollik klubi" La Liganing 2019/20 yilgi mavsum restartidan beri o'zlarining o'yinlarini Madrid chekkarog'ida joylashgan yoshlar jamoasining stadionida o'tkazib kelishmoqda.

Liga rahbariyati yangi mavsumda 6000 o'rindiqli stadionda o'yinlarni o'tkazishga ruxsat berdi, klub endi UEFAdan ham yashil chiroq oldi.

Eslatib o'tamiz, "Real" CHempionlar Ligasida o'z uyida "SHaxtyor (21 oktyabr), "Inter" (3 noyabr) va Myonxengladbaxning "Borussiya" (9 dekabr) jamoalari bilan o'ynaydi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.